Xayrullo
Komilov

Ustoz-shogird maktabi

Epidemiolog-gigiyenist · Shifokor-bakteriolog

Men sanitariya-epidemiologiya xizmatida 43 yillik tajribaga ega shifokorman.

Oliy toifali shifokor-bakteriolog sifatida yoshlar va soha xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirishga ko‘maklashaman.

Savolingiz bormi? Yozing, javob beraman.

Yo‘nalishlar

Kasbga yo‘naltirish

Yoshlarni kasbga yo‘naltirish.

Me’yoriy hujjatlar bilan ishlash

SEO va JSB xodimlarini sohaga oid me’yoriy hujjatlar bilan ishlashga o‘rgatish.

Attestatsiyaga tayyorlash

Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni malaka toifasini olish uchun attestatsiyaga tayyorlash.

Huquqlar va mehnat muhofazasi

O‘zbekiston qonunchiligi asosida xodimlarning huquq va burchlari, ijtimoiy himoyasi hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini oshirish.

Ishlarim

Savol-javob mashg‘ulotlari

2019-yil martdan buyon respublikadagi sanitariya-epidemiologiya xizmati bo‘limlari xodimlari bilan yo‘nalishlarim bo‘yicha savol-javoblar olib bormoqdaman.

Telegramda ochish ↗

Soha kutubxonasi

Soha xodimlari uchun rasmiy hujjatlar, uslubiy qo‘llanmalar, sanitariya normalari va qoidalari kabi materiallar jamlangan kutubxona. U doim to‘ldirib boriladi. Alohida bo‘limda soha o‘tmishi, buguni va kelajagi haqidagi maqolalarim bor.

Telegramda ochish ↗

Ustoz-shogird maktabi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati yo‘nalishidagi bu bo‘limni study-grow.uz saytida ochganman. Unda soha xodimlarini attestatsiyaga tayyorlash uchun mavzular bo‘yicha darslar va savol-javob testlarini joylab boraman.

study-grow.uz ↗

Fikrlar

Ustozimizga alohida rahmat va minnatdorchiligimni bildiraman. Saytdan olgan ma’lumotlarim bilim darajamni oshirishda va malaka toifasini olishimda juda katta yordam berdi. Bilimga qilingan investitsiya hech qachon bekor emasligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Firuza ErkinovaShifokor-bakteriologstudy-grow.uz

Testlaringizni ishlab ko‘rdim. Siz yaratgan tizim o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashga undaydi. Zo‘r!

Jasurbek PirnazarovShifokor-bakteriologstudy-grow.uz

Assalomu alaykum! Alloh umringizni va ilmingizni ziyoda qilsin!

Barno XudayberganovaShifokor-bakteriologstudy-grow.uz

Savol-javob

Kimlarga yordam berasiz?

Kasb tanlayotgan yoshlarga hamda SEO va JSB xodimlariga. Kasbga yo‘naltirish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, attestatsiyaga tayyorlanish, xodimlarning huquqlari va mehnat muhofazasi bo‘yicha maslahat beraman.

Mashg‘ulotlar qanday o‘tadi?

Onlayn tarzda: Telegram, telefon yoki video qo‘ng‘iroq orqali. Qaysi shaharda yashashingizdan qat’i nazar, bog‘lanishingiz mumkin.

Maslahatlaringiz pullikmi?

Yo‘q, bepul. Maqsadim — tajribamni yoshlar va hamkasblarimga yetkazish.

Qanday bog‘lanaman?

Telegramda (@xkomilov) yozing yoki +998 90 588 04 50 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Savolingizni qisqacha yozib qoldirsangiz, imkon qadar tez javob beraman.